Şu yilning 13 — 30 oktabr sanalarida bölib ötadigan 19 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Osiyo çempionatiga tayyorgarlik körayotgan Özbekiston yoşlar terma jamoasi aprel oyi yakunida yana bir yiğin ötkazadi.

Jasur Abduraimov boşçiligidagi Özbekiston U-19 terma jamoasi navbatdagi yiğinini Saudiya Arabistonida ötkazadi. Öquv-maşğulot yiğinlari doirasida Saudiya Arabistoni yoşlar terma jamoasiga qarşi ikki bor örtoqlik uçraşuvi ötkaziş rejalaştirilgan. Bu haqda Özbekiston futbol federatsiyasi xabar bergan.

Saudiya Arabistoni U-19 – Özbekiston U-19 dastlabki uçraşuvi 28 aprel kuni ötkazilsa, ikkinçi uçraşuv 30 aprel sanasiga belgilangan. Har ikki uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 18:45da boşlanadi.

Uşbu örtoqlik uçraşuvlari Saudiya Arabiston qirolligining Al-Hobar şahrida bölib ötadi.