Suriyadagi Inson huquqlari böyiça kuzatuvçi kengaş ma'lumotiga köra, Suriya armiyasi samolyotlari tomonidan amalga oşirilgan havo zarbalari oqibatida 10 kişi halok bölgan.
Reyter agentligi xabariga köra, havo zarbalari Halab şahri yaqinidan amalga oşirilgan.
Şuningdek, bu hujum tufayli önlab kişilar jarohatlangani aytilgan.
Bundan oldinroq, Turkiya çegara qöşinlari Suriya va Turkiya çegarasini kesib ötmoqçi bölgan suriyalik ayollar va bolalarni öqqa tutgani haqida xabar berilgandi.
«Çegara bilmas şifokorlar» ma'lumotiga köra, ayni vaqtda bu hududda 100 mingdan ortiq kişi Halab yaqinida qurşovda qolgan.






