Toşkentning markazida, Amir Temur köçasi va Navoiy köçalari kesişmasi yaqinida qad rostlayotgan Hyatt Regency mehmonxonasining quriliş işlari poyoniga yetmoqda. Quruvçilar mehmonxonaning taşqarisi va içkarisida pardozlaş işlarini deyarli yakuniga yetkazdilar va obektni rejalaştirilgan muddatda topşirişga va'da bermoqdalar.

Loyihaga köra, yangi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi 301 xonali, jumladan 44 ta lyuks xonali böladi. Mehmonxonada 2 ta restoran, bar va launj hudud, bal zali, spa va fitnes klub joylaşadi. Şuningdek, unda xalqaro anjuman va festivallar ötkaziş uçun 1,2 ming kvadrat metr maydonga ega anjumanlar zali ham böladi.

Hyatt Hotels Corporation kompaniyasi mehmonxona Toşkentda yirik anjuman va festivallar ötkaziş joyi bölişiga işonç bildirmoqda.

Ta'kidlaş joizki, hukumat bu loyihani amalga oşirişda iştirok etayotgan kompaniyalarga bojxona va soliq imtiyozlarini taqdim qilgan.

Ma'lumotlarga köra, 205 mln dollarlik mehmonxona oçilişi joriy yilning 1 iyuliga belgilangan.