Rossiyalik sayyohlar Bangkokdan Yekaterinburgga 10 soatlik kutişdan keyin uçişga muvaffaq bölişdi. Azur Air aviakompaniyasining Boeing-767-300 samolyoti hojatxonasiga bolalar tagligi (pampers) tiqilib qolgani sabab öz vaqtida uçib keta olmadi. Ta'kidlanişiça, yölovçilardan biri samolyot hojatxonasiga bolalar tagligini oqizib yubormoqçi bölgan.
"Bangkok-Yekaterinburg reysi uşlandi. Bunga hojatxona tizimining unga tuşgan şaxsiy gigiyena vositasi (bolalar tagligi) sababli nosoz holga kelgani sabab bölgan. Şu sababli 4 ta hojatxona işlamay qolgan. Bunday nuqson bilan parvozni amalga oşirib bölmasdi", deb aytdi aviakompaniya vakili.
Nosozlikni bartaraf etiş uçun samolyotga xizmat körsatuvçi texniklar butun tizimni bölaklab, uni tozalaşlariga töğri keldi.
"Aviakompaniya samolyotda örnatilgan jihozlardan foydalaniş qoidalariga rioya qilişni iltimos qiladi. Aks holda bundan öz vaqtida manzilga uçib keta olmaydigan yölovçilarning özi aziyat çekadi", deb aytdi vakil.
Samolyot bortida 320 nafar katta, 16 nafar kiçik yoşdagi yölovçi va 3 nafar 2 yoşga tölmagan bola bölgan.






