Oliy Liga 5-turidan örin olgan «Lokomotiv» – «Maş'al», «Nasaf» – «Qöqon-1912», «Metallurg» – «Obod» hamda «Buxoro» – «Andijon» uçraşuvlaridan söng mezbon jamoalar matbuot xizmati hisobotlarni ÖzPFLning rasmiy elektron poçtasiga yubormagan. Reglament talabiga böysunmagani uçun, mazkur klublar qattiq ogohlantiriladi. Bu haqda ÖzPFL rasmiy saytida xabar berilgan.

Xabarda aytilişiça, Özbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari örtasidagi 2016 yilgi musobaqalar reglamentining 19-moddasi 19.22-bandiga muvofiq, Oliy Liga klublari matbuot kotiblari uy uçraşuvlari hisobotlari (uçraşuv protokoli nusxasi, fotosuratlar va boşqa ma'lumotlar)ni ÖzPFLning rasmiy elektron poçtasiga yöllaşi şart hisoblanadi.

Reglamentning 19-moddasi 19.22-bandi talablarini bajarmagan klublarga nisbatan Oliy Liga 6-tur uçraşuvlaridan boşlab moliyaviy jarima çoralari qöllaniladi.