«Roma» rahbariyati mavsum oxirida Edin Jyekoni sotib yuborişni rejalaştirmoqda. Uning örni esa «Çelsi»da ijara asosida töp surayotgan, transfer huquqi «Monako» jamoasiga tegişli bölgan Radamel Falkao bilan töldirilişi mumkin.

Corriere dello Sport saytida xabar qilinişiça, Jyeko Xitoyga sotib yuboriladi.

Biroq Falkaoni sotib oliş rimliklarga oson bölmasligi mumkin. Çunki kolumbiyalik bu tajribali hujumçining maoşi yuqori - yiliga 7 million yevroni taşkil etadi. Şuningdek, unda Yevropa Ittifoqi fuqaroligi yöqligi muammo keltirib çiqarişi mumkin.

Falkao joriy mavsumda jamoasi safida APLning 10ta öyinida iştirok etgan hamda 1 gol urgan. Jyeko esa A seriyadagi 28 uçraşuvda maydonga tuşib, 8ta gol muallifi bölgan.