AQŞning Savanna şahrida "Çellenjyer" seriyasidan örin olgan tennis musobaqasida rossiyalik tennisçi Daniil Medvedevga irqçilik qilgani uçun raqibi Donald Yang bilan uçraşuvda mağlubiyat berildi.

Hisob amerikalik tennisçi hisobiga 3:1 bölayotganda, Medvedev raqibining töp uzatişidan oldin 2 ta breyk-poyntga ega bölgan. Navbatdagi töp öynalişida rossiyalik aniq zarba bilan töpni maydonning burçagiga tuşirgan. Çiziqdagi hakam barçasi qoida böyiça bölganini qayd qilgan va rossiyalikka oçko bergan. Medvedev şundan keyin kiçik tanaffusga ketgan.

Biroq uning raqibi hakamning qaroridan norozi bölib, qarorni boş hakam qabul qilişini talab qilgan. Boş hakam qora tanli ayol bölgan. U özi ötirgan vişkadan tuşib, töp tuşgan joyga borgan, Yang va çiziqdagi hakam bilan nimalarnidir gaplaşib, qora tanli tennisçi foydasiga qaror çiqargan.

Rossiyalik qarorni eşitgaç, "Men u sizning döstingiz ekanligini bilaman. Bunga işonçim komil" deb aytgan. Buni eşitgan tomoşabinlar kulib yuborgan.

Geym davom ettirilgan va Yang hisobiga yakunlangan. Medvedev tanaffus paytida hakam nomiga yana nimalardir degan, biroq u nima deganini heç kim aniq eşitmagan.

Şundan keyin uçraşuv nazoratçisi kortga tuşib, boş hakam bilan gaplaşgaç, Medvedevni sportçiga xos bölmagan xatti-harakatda va irqçilikda ayblab, öyindan çetlatgan.

Rossiyalikning çetlatilişi e'loni tomoşabinlar orasida tuşunmovçilik keltirib çiqargan. Rossiyalik öyin töxtatilişi bilanoq boş hakam va raqibi bilan an'anaviy ravişda qöl siqişib çiqib ketgan. Bu holat ham unga nisbatan irqçilik aybi qöyilgandan keyin biroz ğalatiroq köringan.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu voqeani muhokama qilayotganlar "Qora tanlilarning bir-biri bilan döstlaşişi haqidagi sözlar endi irqçilik deb hisoblanadimi?" deb taajjublanişmoqda.