Şimoliy Koreya qurolsizlantirilgan hududda çegara böylab 40 km lik ta'sir doirasiga ega 300 ta reaktiv yoppasiga öt oçiş tizimini joylaştirdi. Bu haqda harbiy doiralardagi manbaga iqtibos keltirgan holda "Ryonxap" axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, tizimlarning kalibri 122 mm ni taşkil qiladi. Şunday diametrdagi snaryadlar Janubiy Koreyaning Yonpxyondo oroli 2010 yilda öqqa tutilganda işlatilgan, biroq endi bu snaryadlarning ta'sir doirasi 2 barobarga oşgan.
Manbaning aytişiça, bunday snaryadlar Kyongido orolining katta qismiga ziyon yetkazişi va nazariy jihatdan Seuldagi prezident saroyiga yetib borişi mumkin.






