«Tottenhem» jamoasining 20 yoşli yarim himoyaçisi Dele mavsumning eng yaxşi yoş futbolçisi deb e'tirof etildi.
Angliya professional futbolçilar assotsiatsiyasi ötkazilgan sörov yakunlariga köra, uşbu futbolçini mukofotga loyiq deb topdi. Sörovnoma APL jamoalari murabbiylari hamda futbolçilari orasida ötkazilgan.

Ötgan mavsumda chempionship vakili «MK Dons»da öynagan va joriy mavsumda «şporlar» ustozi Poçettino tomonidan kaşf qilingan Dele Alli joriy mavsumda jamoasi bilan 32 öyinda 10ta gol urib, 10ta golli pas muallifi böldi.

Ma'lumot uçun, bundan oldingi 4 mavsumning 3tasida «Tottenhem» futbolçilari (Kayl Uoker 2011-12, Garet Beyl 2012-13, Harri Keyn 2014-15) mavsumning eng yaxşi yoş futbolçisi uçun mukofotga loyiq körilgandi.







