2015 yilning aprelidan, AppleWatch "aqlli soatlari"ning bozorga çiqqan vaqtidan boşlab bu gadjyetning sotuvi iPhone'ning birinçi yildagi savdosi hajmidan 2 barobar köproqni taşkil etdi. Bu haqida The Wall Street Journal ma'lum qildi.
Apple korporatsiyasi sotilgan "aqlli soatlar"ning hajmiga aniqlik kiritmayotgan bölsada, bozor analitiklarining baholaşiça, ular taxminan 12 million donani taşkil etadi. iPhone esa birinçi yili taxminan 6 millionta smartfon sotgan.
Bundan avvalroq, Xitoy hukumati mamlakatda yarim yil oldin yölga qöyilgan Apple'ning iBooks Store va iTunes Movies servislarini taqiqlagani töğrisida xabar berilgandi.






