«Matç. Naş futbol» telekanali muxbiri Vyaçeslav Abdusalomov Rossiya premer-ligasi 25-tur doirasidagi «Anji» — «Kuban» (1:0) uçraşuvdan keyin «Kuban» boş murabbiyi Sergey Taşuyev bilan uyuştirgan fleş-intervyusi paytida qöpol xatoga yöl qöydi.

Ma'lumot uçun, uçraşuvda maxaçqal'aliklar tomonidan tomonidan kiritilgan yagona gol penaltidan urilgan bölib, raqib posboni Aleksandr Belenov qöpollik işlatganidan keyin 11 metrlik jarima töpi belgilangan va Belenov qizil kartoçka olib maydonni tark etgandi.

Fleş-intervyu mobaynida «Naş futbol» jurnalisti bir qator savollar bilan birga Taşuyevdan Belenovni nega almaştirgani, balki u maydonda qolganda penaltini qaytarişi mumkinligi haqida söragan. Ammo «Kuban» boş murabbiyi jurnalist xatosini oddiy qabul qildi va unga darvozabon maydondan çetlatilganini eslatib ötdi.