23 aprel kuni Tokio şahrida çet el elçixonasi xodimlari va çet elliklar örtasida 19-marotaba "Yapon tilida notiqlik san'ati" tanlovi bölib ötdi. Unda 20ga yaqin turli davlat elçixona vakillari va çet elliklar iştirok etişdi.

Uşbu tanlov Yaponiya Taşqi işlar vazirligi, Yaponiya fan, ta'lim, madaniyat vazirligi, "Nippon Times" naşri va bir qança yirik korporatsiyalar homiyligida bölib ötdi.

Tanlov yakunida birinçi öringa "Dunyoni özgartiruvçi kuç" mavzusida qatnaşgan özbekistonlik talaba, Toşkent davlat şarqşunoslik instituti bitiruvçisi Faxriddin Ergaşev loyiq deb topildi hamda diplom va Yaponiya Taşqi işlar vazirining maxsus sovrini bilan taqdirlandi.

Hozirda Faxriddin Ergaşev Yaponiyaning Tokio çet tillari universitetida magistratura bölimi Xalqaro munosabatlar yönalişida davlat granti asosida öqiydi.

Mobil muxbir: Nafosat Zafarova, TDŞI