Qirğiziston respublikasi Jalolobod viloyati Suzoq tumanida 1,2 million kub metr hajmli toğ köçkisi yemirilib tuşdi. Bu haqda respublika FVV xabar berdi.

“Köçki oqibatida Almaluu-Bulak qişloğidagi bir neça xöjalik qurilişlari vayron bölgan, halok bölgan va jabr körganlar yöq”, - deyiladi xabarda.

Loy-toşli ulkan massalar harakatlanişda davom etmoqda va Almuluu toğ daryosi özanini butunlay tösib qöyiş xavfini tuğdirmoqda.

“Bunday holatda73 ta xonadon suv ostida qoliş ehtimoli mavjud. Uşbu favqulodda vaziyat tufayli Qirğiziston FVV monitoring va prognoz departamenti mutaxassislari “mazkur hududni tadqiq etmoqda”, deyiladi xabarda.

Hatto ekstremal holatlarning oldini oliş maqsadida mahalliy aholiga “uşbu hududlardan foydalanmaslik” haqida topşiriq berildi. FVV ma'lumotlariga köra, toğ köçkilariga bir neça kun davomida uzluksiz yoqqan yomğirlar sabab bölgan.