Rossiyalik milliarder Alişer Usmonov Sunday Times naşri talqiniga köra, Buyuk Britaniyaning 10 nafar eng boy odami qatoridan joy oldi. Bu haqda The Daily Mail naşri xabar bermoqda.

UMS Holdings kompaniyasining egasi va Londonning "Arsenal" futbol klubi yirik aksiyadorlaridan birining boyligi 7,58 mlrd funt sterlingga (10,92 mlrd dollar) baholangan.

Birlaşgan Qirollikda eng badavlat odamlar 13,1 mlrd funt sterlingga (18,88 mlrd dollarga) ega hind millatiga mansub developerlar aka-uka Devid va Saymon Rubenlar böldi.

Warner Music egasi, ukrain millatiga mansub tadbirkor Leonard Blavatnik musiqa sohasidagi eng boy odamlar röyxatining eng yuqori poğonasini egalladi, uning boyligi 11,59 mlrd funt sterlingga (16,63 mlrd dollar) baholangan.

Buyuk Britaniyaning eng badavlat odamlari röyxatidan şuningdek qöşiqçi Adel (122 mln dollar), aktyor Deniel Redkliff (106,5 mln dollar), Devid va Viktoriya Bekxem (402 mln dollar) hamda aktyor Saşa Baron Koen (150 mln) örin olgan.