24 aprelda Turkiyaning Suriya bilan çegarasida joylaşgan Kilis şahri ikki marta öqqa tutildi. Bu haqda Hurriyet naşriga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi. Gazeta ma'lumotlariga köra, Suriyaning IŞID jangarilari egallagan hududidan bir neçta raketa otilgan.
Ikkita raketa şaharning markaziy qismidagi ikkita uyga, keyinroq şahar gubernatorining devonxonasidan 100 metr uzoqlikda joylaşgan masjidga tekkan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, masjidda bir kişi halok bölgan, 10 kişi jarohatlangan. Yana 16 kişi uylarning öqqa tutilişi oqibatida jarohatlangan.






