25 aprelda Yerevanda keçki payt 63-raqamli yönaliş avtobusi portlaşi oqibatida dastlabki ma'lumotlarga köra 3 kişi halok böldi, 7 kişi jarohatlandi. Bu haqda Armaniston favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.
Alabyan köçasida sodir bölgan noxuş voqea haqidagi xabar soat 21:51 da olingan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlarni boşqariş Milliy markazi tezkor guruhi, maxsus vazifalarni bajaruvçi qutqaruv otryadi va ikkita jangovar rasçyot çiqqan.
Ma'lumotlarga köra, jarohatlanganlar şifoxonalarga yetkazilgan.
Voqea sabablari hozirça ma'lum qilinmagan.






