Tehron AQŞ tomonidan Eronning muzlatilgan 2 mlrd dollar pulini işlatgani holati böyiça Vaşingtonga qarşi xalqaro jinoyat sudiga da'vo arizasi tayyorladi. Bu haqda Eron prezidenti ma'muriyatining xalqaro huquq markazi vakili Muhammad Jahromiy ma'lum qildi.

Avvalroq AQŞ oliy sudi Eron markaziy bankiga 2 mlrd dollarni qaytarişni rad etgandi va bu pullar 1983 yilda Bayrutdagi terakt va boşqa teraktlarda halok bölgan amerikaliklar oilalariga berilişi kerakligi haqida qaror çiqargan.

"Eron xalqaro sudga özining huquqlarini tiklaş uçun murojaat qilişi mumkin. Buning uçun Eron tomonidan AQŞ oliy sudining Eronni 2 mlrd dollarga jarimaga tortiş qarori yuzasidan xalqaro sudga beriladigan da'vo arizasi tayyorlandi", deb aytilmoqda Eron prezidenti ma'muriyati saytida.

Mingdan köproq amerikaliklar ularning fikriça Eron iştirok etgan deb hisoblanadigan terakt uçun kompensatsiyalar talab qilgan. 1983 yil 23 oktabrda Bayrutda amerikalik tinçlikparvar askarlar kazarmalari terrorçilik hujumiga uçragan. Öşanda 241 amerikalik harbiy, umumiy hisobda esa Livandagi fuqarolik uruşida BMTning missiyasini bajarayotgan 300 dan köproq askar halok bölgan.

Eron AQŞ Davlat departamenti tomonidan 1984 yil 19 yanvardan terrorçilikka homiylik qiluvçi davlatlar röyxatiga kiritilgan.