Taniqli aktyor va rejissyor, ssenariynavis, Hilol Nasimov «Özbekfilm» aksiyadorlik jamiyati direktori etib tayinlandi. Bu haqda «Özbekkino» milliy agentligi saytida ma'lum qilingan.

Hilol Nasimov (1963 yilda tuğilgan) bunga qadar «Özbekfilm»da postanovkaçi rejissyor lavozimida faoliyat yuritar edi. Toşkent teatr va san'at instituti bitiruvçisi (1985 yil). Kinostudiyadagi faoliyatini 1987 yilda rejissyor yordamçiligidan boşlagan.

Köplab filmlarning ssenariy muallifi, hammuallifi va rejissyori hisoblanadi. Nasimov tomonidan sönggi yillarda suratga olingan filmlar orasida «Gumrohlar» (2014 yil), «Odnoklassniki.ru» (2013), «Tubanlik» (2012), «Muqaddas burç» (2011), «Aldangan ayol» (2010) va boşqalarni sanab ötiş mumkin. Şuningdek, u köplab filmlarda rol ijro etgan.

Eslatib ötamiz, 2015 yilning 15 oktabrida «Özbekfilm» rahbari özgargan, Zamir Arinov örniga Komiljon Şamsiddinov direktor vazifasini vaqtinça bajaruvçi sifatida işlay boşlagandi.