Britaniyalik dizayner Kristin Kendall Keyt Midltonning töy libosini tikkan Alexander McQueen modalar uyini köçirmaçilikda ayblab, sudga berdi. Bu haqda People xabar berdi.
Kendallning aytişiça, Alexander McQueen modalar uyida şahzoda Uilyamning turmuş örtoği uçun köylak dizaynini yaratişda aynan uning çizmalaridan foydalanişgan. Dizaynerning sözlari böyiça, köylakka u yaratgan şaxsiy işlanmalarning ayrim jihatlari köçirilgan.
Kendall şuningdek, öz çizmalarini Britaniya qirollik oilasiga Uilyam va Keytning töy tantanasidan beş oy avval yuborganini va javob tariqasida 2011 yilning yanvar oyida unga minnatdorçilik bildirilganini ma'lum qildi.
Alexander McQueen modalar uyida Kendallning da'vosidan hayron ekanliklarini ma'lum qilişgan. Ularning aytişiça, dizayner 4 yil avval murojaat qilgan paytda kelişuvga erişilgan edi. Kelişuv Sara Berton yaratgan Ketrinning töy libosi Kendallning çizmalaridan köçirilgan mazmunidagi harqanday ehtimolni yöqqa çiqarişi aytilgan.
Ular Keyt Kendallning çizmalarini körişmaganini bildirişgan.







