25 aprel kuni ötkazilgan futbol böyiça Özbekiston Oliy ligasining 6-turi doirasidagi sönggi uçraşuvda «Paxtakor» öz maydonida «Metallurg»ni qabul qildi va 2:1 hisobidagi ğalabaga erişdi.

Uçraşuvda dastlab hisob 53-daqiqada Igor Sergeyev tomonidan oçildi. Bekobodliklar futbolçisi Zoxid Abdullayev 72-daqiqada hisobni tenglaştirdi. Ammo Rustam Mirsodiqov şogirdlari uşbu durang natijani uşlab qola olmadi, Şerzod Karimov 80-daqiqada çiroyli gol urib, jamoasiga ğalaba keltirdi.

6-turga qadar «Metallurg» 12 oçko jamğarişga muvaffaq bölib, 24 aprel holatiga köra turnir jadvalida 5-örinni egallab turgandi. 6-turdan keyin «Paxtakor» ham oçkolari sonini 12taga yetkazdi va bekobodliklardan 5-örinni tortib oldi.

Oliy liga, 6-tur

«Paxtakor» — «Metallurg» 2:1
Gol: Sergeyev (53) Karimov (80) - Zoxid Abdullayev (72)
«Paxtakor»: Jörayev, Tojiyev, Hoşimov, Boltaboyev, Oraxovats, Ahmedov, Sohibov, Kozak, Karimov, Tolipov, Sergeyev
«Metallurg»: Sultonov, Karimov, Odilov, Nö'monov, Hoşimov, Karimqulov, Abdullayev, Toşmatov, Abdumöminov, Sulaymonov, Abdujabborov.
Ogohlantirişlar: Tojiyev 22, Karimov 39, Abdujabborov 40, Sulaymonov 56, Karimov 66, Ahmedov 75, Norbekov 86? Odilov 90+1