Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Igor Voronçenkoni Ukraina harbiy-dengiz kuçlarining yangi qömondoni etib tayinladi, deb xabar bermoqda "112 Ukraina" telekanali.

"Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi, mudofaa vaziri va Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi boşliği bilan maslahatlaşganimdan keyin, men sizning nomzodingizni ma'qullaşga qaror qildim. Biz sizga özingizning eng yaxşi sifatlaringizni körsatişingiz uçun biroz vaqt beramiz", deb aytdi Poroşenko.

Avvalroq Poroşenko Ukraina harbiy-dengiz kuçlari qömondoni Sergey Gaydukni öz lavozimidan böşatgandi. Poroşenkoning ta'kidlaşiça, bunga Gaydukning xizmatini bajarişda kamçiliklarga yöl qöygani va obrösi pastligi sabab bölgan.