Bundan 21 yil muqaddam Rossiyaning Novyy Urengoy şahrida Katya Nejyentseva nomli bir qizaloq dunyoga keldi. Çaqaloqning onasi Irina öz farzandiga qarar ekan, dahşatdan a'zoi badani titrab ketdi: çunki yangi tuğilgan çaqaloqning momiq yuzlari keksalarniki singari ajinga qoplangan edi. Er esa... Er esa barini taqdir izmiga taşlagança, uydan boş olib, çiqib ketdi.

Tibbiyotçilar çaqaloq nega bunday tuğilganiga oydinlik kiritişdi: u teri kasalliklarining kam uçraydigan turi — progeriyey xastaligiga çalingan edi. Agar statistikaga e'tibor qaratadigan bölsak, bu kabi dardga çalingan yuz nafardan köproqni taşkil etadi xolos. Qoidaga muvofiq bu kasallik bilan tuğilganlar uzoq yaşamasliklari kerak edi. Ammo Katyaga kelganida...

Qiz umri davomida qiynalib yaşadi. Sababi tengdoşlari uning ustidan kulişar, masxara qilişar, bu esa qizga qattiq botardi. U xuddi kampirlarga öxşar, qalin ajinlar va osilib turgan teri uni öta ayançli körsatar edi. «Men doim özimga özim, axir aybim nima, deb sörardim, biroq javobini sira topolmasdim», — degan edi Katya bir safar bergan intervyusida. «Ana şunda men insonlarni taşqi köriniş bilan emas, aksinça, aql, yaxşilik va mehr bilan hayron qoldirişga ahd qildim. Har bir odam bolasi uçun eng keraklisi bu — mehrdir».

Kuçli iroda tufayli u sinmadi. Xudo tomonidan yuqtirilgan istarasi va qat'iy fazilatlari tufayli, u döstlar orttirdi. Bu döstlar uning heç narsasiga ahamiyat bermay, unga mehr qöyişdi, u bilan döstlaşişdi.

Hayot tasodiflarga töla. 2011 yilda u markaziy televideniyening maşhur körsatuvlaridan biriga intervyu bergani bordi. Şu sabab böldi-yu, unga mamlakatdagi yetuk plastik jarrohlari qiziqib qoldi. Yekaterina jarrohlik stoliga yotdi. Uning uçun hayot-mamot daqiqalari boşlandi.

Jarrohlikdan söng, u mutlaqo boşqa insonga aylangan edi. Ana şundan söng, u baxtini uçratdi. Oila qurdi. Bu ham tasodif sabab böldi: uning bölajak eri Denis raqam terişda yanglişdi va Katyaning qöl telefoniga tuşib qoldi. Bu esa katta muhabbatga zamin yaratdi. Denisning aytişiça, uning rafiqasida şunday bir joziba bor-ik, uni şu paytga qadar birorta ayolda uçratmagan.

Katya homilador bölganida, şifokorlar qörqib qolişdi: çunki çaqaloqqa onaning qismati tuşişi mumkin edi. Ammo barçasi yaxşilik bilan tugadi va u yoruğ olamga Gleb ismli öğil farzand keltirdi. «Xudo bizga uluğ ne'mat berdi, bundan ortiq yana nima bölişi mumkin?» — dedi Katya baxtdan tölib-toşgan holda.
Nega bu qiz haqida hikoya qilib berdik?..

Inson heç qaçon taslim bölmasligi kerak. Heç qaçon. Baxt — taqdirning sovğasidir. Eng asosiysi, şuni unutmaslik kerakki, barçaning öz şodligi bor, barçaning öz qayğusi bor. Doim yaxşilikka, yaxşilikka va eng katta yaxşiliklarga intilib yaşaş kerak.

Sarvar Anvar öğli tayyorladi