Norimon Qadamov (ism-familiyalar özgartirilgan) odamfuruşlardan biri. Heç qayerda işlamaydigan, ijtimoiy mehnat bilan şuğullanmaydigan Norimon yengil daromad topiş manbalarini izlay boşladi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

Qop-qop va'dalar, ya'ni yaxşi iş va yaşaş şaroiti, katta maoş va'da qilib, beş nafar şaxsni Qozoğiston Respublikasiga olib ötgan Norimon yigitlarning fuqarolik pasportlarini olib qöydi. Har oyda 600 AQŞ dollari miqdorida oylik olişga işongan yigitlar “Tengiz” deb ataluvçi çöl hududidagi quriliş obektida tutqun böldilar.

“Bir yildan ziyod itday işladik. Salomatligimizdan ayrildik. 10 650 AQŞ dollari miqdorida haq olişimiz kerak edi. Bir tiyin ham olmadik”, deydi jabrlanuvçilardan biri.

Afsuski, bu hammasi emas, N.Qadamov jinoiy şerigi U.Rajabova bilan til biriktirgan holda ön sakkiz yoşga tölmagan şaxsni şahvoniy ekspluatatsiya qildi, pornografik mahsulotlarni namoyiş qiliş kabi jinoyatlarga qöl urdi.

Qilmiş-qidirmiş. N.Qadamov odil sud oldida javob berdi va tegişli jazoga tortildi.