Fransiyaning «PSJ» klubi himoyaçisi Tiago Silva yana bir marotaba Kataloniyaning «Barselona» klubi qiziqişlari doirasi tuşmoqda.

31 yoşli futbolçiga yaqin bölgan manbalarning aytişiça, kataloniyaliklarning qiziqişidan Silvaning özi ham xabardor qilingan. Biroq parijliklar öz sardorini qöyib yuborişi katta söroq ostida. Buning uçun Silvaning «PSJ» rahbarlaridan qöyib yuborişlarini söraşi kerak böladi.

Qayd etib ötiş joiz, «Barselona» birinçi marta Silvani 2012 yilda, futbolçi hali Italiyaning «Milan» klubi safida töp surgan paytlari sotib olişni rejalaştirgandi. Biroq futbolçi «PSJ» köproq pul taklif qilgani bois fransuz klubini tanlaganini bildirib ötgan. 2014 yilda kataloniyaliklar yana bir bor Silvani sotib olişga urinişgan, biroq 50 million yevrolik taklif javobsiz qolgandi.