Madridning «Atletiko» klubi boş murabbiyi Diyego Simeone Yevropa çempionlar ligasining 1/2 finalidan örin olgan «Bavariya»ga qarşi uçraşuv oldidan öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

«Biz tayyormiz. Biz tavakkal qilişni istaymiz. Biz harakat qilamiz.

«Bavariya»da yaxşi futbolçilar juda köp. Hujumda ham ularga variantlar köproq. Ammo janglarda askari köp bölganlar emas, ulardan yaxşi foydalanganlar ğalaba qozonadi.

Finalga yöllanma olişimiz uçun nafaqat yaxşi himoyalanişimiz, balki gol ham urişimiz kerak böladi. Biz «Bavariya»ga qarşi uçraşuvda bu işni amalga oşirişga harakat qilib köramiz», – deya ta'kidlagan Simeone.