Janubiy Koreyaning Renxap agentligi Pxenyan radiosiga tayangan holda tarqatgan ma'lumotlariga köra, Şimoliy Koreya mehnat partiyasining s'yezdi sönggi 36 yil içida ilk marotaba 6 may kuni bölib ötadi.
"KMP (Koreya mehnat partiyasi) markaziy qömitasi siyosiy byurosi qaroriga köra, partiya s'yezdi 2016 yil 6 may kuni ötkaziladi", — deb e'lon qilgan KXDR markaziy radiosi.
Janubiy Koreya axborot agentligi qayd etişiça, siyosiy anjuman mamlakat yetakçisi Kim Çen In hokimiyatini mustahkamlaşga qaratilgan.
Seul ekspertlarining fikriça, bu safargi partiya forumi 3-4 kun davom etişi mumkin.
Aytiş joizki, KMP s'yezdi oxirgi marotaba 1980 yilda taşkil etilgan edi. Unda mamlakatning hozirgi yetakçisining otasi Kim Çen Ir Şimoliy Koreya ilk rahbari Kim Sen Irning örnini egallaşi rasman tasdiqlangandi. Ammo KMP Kim Çen Ir hukmronligi davrida biron marta ham yirik anjuman ötkazmagan.






