Rossiya, Eron va Isroil munosabatlari tobora çalkaşib va murakkab uçburçakka öxşab borayapti, deb yozmoqda Britaniyaning The Guardian naşri.
Gazetaning qayd etişiça, Tehron ança vaqtdan beri Moskva bilan aloqalarni yaxşilaş tarafdori bölib kelmoqda. Yaqinda Eron parlamenti spikeri Ali Larijoniyning TASS agentligiga bergan intervyusida «Şarqqa, birinçi navbatda Rossiyaga qarab yönaliş strategik maqsad hisoblanadi», deyişi uşbu fikrni isbotlaşi mumkin.
Rossiya Eron uçun, ittifoqçisi Başar Asadni qöllab-quvvatlaşda ittifoqçi va jahon gaz bozorida gaz narxiga keskin ta'sir eta oladigan salohiyatli hamkor hisoblanadi. Ikki mamlakat örtasidagi harbiy hamkorlik ham yaxşilanmoqda. Moskva rasmiy Tehronga S-300 raketa majmualarini yetkazib beriş niyatida.
Şunga qaramasdan, mamlakatlar örtasida jiddiy qarama-qarşiliklar ham yöq emas. Garçi Rossiya Eron bilan yadro energiyasidan tinç maqsadlarda foydalaniş sohasida hamkorlik qiliş töğrisidagi şartnomani imzolagan bölsa-da, u na 2006 yili Eron yadro dasturiga oid hujjatlarning BMT Xavfsizlik kengaşida muhokamasini, yoinki undan keyin Tehronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni tösib qöydi. Ikki davlat örtasidagi eng asosiy ziddiyatli masala, bu rasmiy Moskvaning Isroil bilan mustahkam aloqalaridir.
Isroil razvedkasi sobiq josusi Yossi Alferning naşrga bildirişiça, Rossiya va Isroilning Suriya masalasida qaraşlarini muvofiqlaştirişi muvaffaqiyat garovi bölgan va Yaqin Şarqdagi jiddiy strategik özgarişlardan darak bermoqda. Albatta, rus samolyotlarining Jölon tepaliklari ustidan uçib ötişi qaltislikni keltirib çiqarişi mumkin edi. Biroq tomonlar bu masalada ham özaro tuşinişga erişdi, deydi Isroilning sobiq josusi.






