Özbekiston prezidenti Islom Karimov 25 aprel kuni “Özbekiston Respublikasi ayrim qonunçilik aktlariga qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi.
Qonun Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan 30 mart kuni qabul qilingan va 31 mart kuni Senat tarafidan tasdiqlangan edi. Hujjat 26 aprel kunidan kuçga kirdi.
Hujjat asosida “Fuqarolarni davlat pensiyasi bilan ta'minlaş töğrisida”gi qonunga ham özgartirişlar kiritilgan.
Belgilanişiça, Özbekistonda iş staji töliq bölmagan çoğdagi umumiy asoslarda pensiyaga çiqiş huquqini beruvçi minimal talab qilingan iş staji 5 yildan 7 yilga uzaytirildi.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti töğrisida”gi qonunning 8-moddasi bilan tartibga solinib, unga asosan iş staji töliq bölmagan çoğdagi yoşga doir pensiyalar uşbu qonun 37-moddasi birinçi qismining tegişli bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil iş staji mavjud bölgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Qonunga muvofiq, yetarliça iş stajiga ega bölmagan şaxslarga yoşga doir pensiya mavjud stajga mutanosib ravişda tayinlanadi. Uşbu özgartiriş 2016 yilning 1 iyulidan kuçga kiradi.
Bugungi kunda pensiyaga çiqiş uçun yetarliça minimal iş staji erkaklarda 25, ayollarda 20 yilni taşkil etadi. Özbekiston qonunçiligiga köra, erkaklar 60, ayollar 55 yoşida pensiyaga çiqişi mumkin.






