Dilşod Jamilov (ism-familiyalar özgartirilgan) 2013 yilning aprel oyida Parkent tumanidagi kasb-hunar kollejlarining biriga direktor vazifasiga tayinlangaç, uning zimmasiga yuksak mas'uliyat yuklandi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.
D.Jamilov 2014 yilning yanvar oyida dastlabki “yiğ-yiğ”larni metall çiqindilarini topşiriş haqidagi buyruq olingandan keyin boşladi. Belgilangan majburiyatni bajara olmagan guruh rahbarlaridan esa 300 ming sömdan pul talab qiladi.
Şu tariqa D.Jamilov noqonuniy yöl bilan 1 mln 94 ming söm pulni qölga kiritadi.
Öşa yilning kuziga borib, direktor daladagi yiğim-terim mavsumiga haşarçi olib keliş bahonasida xodimlarning oylik iş haqlaridan kelib çiqib, “yiğ-yiğ”larni boşlaydi va ulardan 100 ming sömdan 600 ming sömgaça pul oladi. Hatto bu jarayondan kollej öquvçilari ham çetda qolmaydi. Topgan pul, topmagan kartoşka, piyoz, göşt kötarib kelsa ham, direktor olib qolaveradi. Şu tariqa, öquv dargohining rahbari yiğim-terim mavsumida 48 mln 200 ming söm pullarni homiylik yordami sifatida kollej binosini ta'mirlaş hamda atrofini kökalamzorlaştiriş maqsadida yiğişni boşlab yuboradi. Bu safar ham oz emas, 9 mln 167 ming söm mablağ yiğib olgan D.Jamilov pullarni asossiz qurilişlarga işlatib yuboradi.
2014 yilning noyabr oyida kollej öqituvçilari Salim Turdiyev hamda Dilmurod Sanginov metall çiqindilarini yiğiş rejasini bajarmaganligi direktorning yodiga tuşadi va ularni xizmat xonasiga çaqirib, har biri 350 ming sömdan, jami 700 ming söm berişi kerakligini talab qiladi. Rahbarning uşbu talabi noqonuniy ekanligini anglagan öqituvçilar bu haqda tegişli joyga ariza bilan murojaat qilişadi.
Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudi “yiğ-yiğ”larga mukkasidan ketgan D.Jamilovga qilmişlariga yaraşa jazo tayinlab, hukm çiqardi.






