25 aprel kuni, Moskva vaqti bilan soat 16:15da Kremlda Vladimir Putinning Özbekiston prezidenti Islom Karimov bilan rasmiy uçraşuvi boşlandi. Bu uçraşuv Kreml sayti tomonidan translyatsiya qilingan.
V.Putin: Hurmatli Islom Abduğaniyeviç! Hurmatli döstlar! Sizlarni yana bir marta, endi rasmiy uçraşuvda qutlaşga ruxsat bering.
Biz ikkimizda keça norasmiy uçraşuvda bemalol ötirib, diplomatlar ta'biri bilan aytganda yuzma-yuz ötirib suhbatlaşiş imkoniyati böldi. Biz uç soat davomida ikki tomonlama munosabatlar, xalqaro holat va mintaqadagi vaziyat haqida batafsil gaplaşdik (muhokama qildik).
Bugun biz diqqatni ikki mamlakatning xalqaro taşkilotlar doirasidagi faoliyatiga qaratamiz. Qaysiki, bu taşkilotlar bizni yanada yaqinroq qilgan. Men ŞHTni, ya'ni keyingi vaqtlarda siz faol ravişda işlayotgan taşkilotni nazarda tutmoqdaman.
Suhbat boşida yana bir marta ikki mamlakat orasidagi munosabatlar haqida aytib ötmoqçiman. Bizning iqtisodiy aloqalar dollar hisobida biroz kamaygan bölsada (29 foizlik pasayiş, 2015 yildagi körsatkiç 2,18 mlrd dollar bölgan - tahririyat), rubl va hajm hisobida u ösdi. Ösiş uşbu yilning birinçi çoragida ham saqlanib qolmoqda.
Özbekistondan qişloq xöjalik mahsulotlari olib keliş hajmi ança oşdi. Bunga har taraflama yordam berayotganingiz uçun sizga minnatdorçilik bildiramiz. Özbekistondan import qilinadigan qişloq xöjaligi mahsulotlari hajmi umumiy hisobda 10 foizga oşdi, ba'zi mahsulotlar böyiça esa undan ham köproq. Uzum importi hajmi 20 marta, sitrus mevalar importi hajmi esa 54 marta oşgan. Bu albatta, Rossiya bozori uçun kattagina körsatkiç. Öz navbatida Özbekiston qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari uçun Rossiya bozoriga çiqiş ham katta imtiyoz.
Lekin biz faqat qişloq xöjaligi sohasidagina işlayotganimiz yöq. Biz sanoat sohasida ham işlayapmiz. Yuqori texnologiyali sohalarda hamkorlik qilişga esa alohida e'tibor qaratmoqdamiz. Umuman olganda muhokama qiliş uçun mavzu köp.
Sizni yana bir marta çin yurakdan qutlamoqçiman, biz Sizni körişdan juda xursandmiz. Xuş kelibsiz!
Islom Karimov: Men keçagi suhbatimizdan töla mamnun böldim va bu şunçaki qoniqiş hosil qilişgina emas. Men hisoblaymanki, uşbu suhbat agar bugun bölmasa, ertaga albatta öz samarasini beradi. Çunki, bu suhbat oçiq ruhda ötdi va buni ham şunçaki oçiqçasiga suhbat deb atamagan bölardim.
Biz öz suhbatimizni odatdagi diplomatik yösinda olib bormadik. Köproq oçiq-oydinlikka urğu qaratdik. Men bunday suhbatlarni juda yoqtiraman. Bunday suhbatlarda öz fikringni aniq va lönda qilib ifodalaş imkoni böladi va heç qanday uzundan-uzoq diplomatik iboralar öylab topişning keragi bölmaydi.
Haqiqatan ham, biz keça uzoq vaqt uçraşmaganimiz sezildi, muhokama qiladigan mavzular köpayib ketgan edi.
Bu juda yaxşi, gaplaşişga mavzu bor. Ayniqsa, hozirgi şaroitda, dunyoda köp voqealar yuz berayotgan kunlarda. Bu jarayon nafaqat fikr bildiriş balki davlatlarning pozitsiyasini aniqlab olişni talab etadi.
Biz Özbekistonda, Örta Osiyoda dunyoda bölayotgan voqealarning Örta Osiyoga bevosita ta'siri borligini sezib turibmiz. Biz bu haqda televideniye, internet va yangiliklardan ham har kuni eşitib turibmiz.
Afğoniston haligaça qarama-qarşilik sodir bölayotgan hudud. Aniqroği, u yerda sekin keçayotgan uruş bölmoqda va bu uruş haliveri töxtamayapti.
Agar ikki tomonlama munosabatlar haqida gapiradigan bölsak, siz ulardan batafsil xabardorligingiz uçun minnatdormiz. Kerak bölganda yoki talab bölganda, Özbekiston (Rossiyada) yetişmayotgan mahsulotlarni örnini töldiriş uçun barça sa'y-harakatlarni amalga oşiradi.
Siz aytib ötgan "bu marta"lar (körsatkiçlar - tahr) nafaqat bizning imkoniyatlarimizni körsatadi, ular yana köp narsa haqida aytib berişi mumkin. Axir bu oson emas-ku, mahsulot hajmini birdaniga 10 marta, yoki 20 marta oşiriş.
Biz, albatta, ikki taraflama munosabatlarimizni nafaqat yetişmovçilik bölgan oziq-ovqat mahsulotlari sohasida, balkim boşqa sohalarda ham davom ettirişimiz mumkin. Moskva va Piterda uzum ösmaydi-ku! Boşqa mevalarni aytmasa ham böladi.
Oxirgi vaqtlarda, Moskva va Piterda eng yaxşi mevalar Özbekistondan ekanligini unutib qöyişgan edi şekilli. Ba'zi qöşni davlatlar vakillari erkin bozorda: "Keling, keling, eng yaxşi mevalar, Özbekistondan", — deb sotişadi. Aslida mahsulotning Özbekistonga heç qanday aloqasi yöq bölsa ham. Bu ham öziga xos bir reklama, albatta. Va u köp narsadan darak beradi.
Moskvaliklar buni juda yaxşi tuşunişadi. Özbekiston ayni şu yetişmayotgan mahsulotlarini yetkazib berişga tayyor. Lekin, Özbekiston faqat meva yetiştirib beriş uçungina deb öylamaslik kerak.
Valyuta ölçovida mamlakatlarimiz orasidagi tovar ayrboşlaş hajmi biroz kamaygani rost, lekin Rossiya bilan tovar almaşiş borasida biz kamayişni sezganimiz yöq.
Avtomobillar borasida, albatta kamayiş bor, lekin bu umumjahon va butun Rossiyaga aloqador tendensiya. Bu bizning munosabatlarimizga heç qanday ta'sir körsatmaydi.
Yana bir narsani aniq aytmoqçiman, bizda keçagi suhbatimizni davom ettiriş uçun mavzu bor. Uşbu mavzularni hayotning özi bizning kun tartibimizga qöymoqda.
Men aytmoqçi bölgan birinçi narsa bu – Örta Osiyo hududidagi xavfsizlik masalasidir. Afğonistondagi uruşning oxiri ham yeçimi ham körinmayapti.
Döstlarimiz va jurnalistlar oldida şuni aytmoqçimanki, Afğon muammosini Rossiya iştirokisiz yeçişga ba'zi bir harakatlar bölmoqda. Bu masalada töxtab ötişni istamagan bölardim, lekin menning fikrimça, bu mutlaqo notöğri.
Geografiya ham heç kimning esidan çiqib ketgani yöq, Örta Osiyo köp asrlar davomida Rossiya bilan boğliq, bu ming yillik aloqalardir. Biz Rossiyaning Örta Osiyodagi manfaatlarini aniq his qilib turibmiz va biz bunga rozimiz. Nafaqat rozimiz, balkim bu juda zarur deb hisoblaymiz.
Agar buni kimdir tuşunmayotgan bölsa, vaqti kelib uşbu vaziyatni va dunyoda röy berayotgan boşqa voqealarini ham tuşunib oladi deb öylayman. Haqiqatga tik qaraş kerak. Agar haqiqatni tan olmasang, ular bari bir seni quvib yetadi.
Özbekiston delegatsiyasiga ajratilgan e'tibor uçun, yana bir bor katta rahmat. Bugun suhbatimizni davom ettirişdan mamnunman.
V.Putin: Rahmat.
<…>
Özbekiston prezidenti Moskvaga 25 aprel kuni taşrif buyurdi. Ikki davlat rahbarlari 25 aprel kuni keçasi 3 soat davomida norasmiy uçraşuv ötkazişgan.
Muzokaralar yakuni böyiça Özbekiston bilan Rossiyaning turli sohalardagi özaro hamkorligini yanada rivojlantirişga qaratilgan qator hujjatlar imzolanişi möljallangan.






