Moskvada 25-26 aprel kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Özbekiston prezidenti Islom Karimov boşçiligidagi rasmiy delegatsiyalar örtasida bölib ötgan muzokaralar yakunida 5ta hujjat imzolandi. Bu haqda Rossiya prezidenti rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Ular quyidagilar:

Rossiya Federatsiyasi hukumati va Özbekiston Respublikasi hukumati örtasida harbiy maqsadlarga möljallangan mahsulotlarni uçinçi davlatga eksport qiliş böyiça kelişuv;

Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi orasida 2016-2018 yillarda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik Dasturi;

Rossiya Federatsiyasi Taşqi işlar vazirligi va Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi örtasida 2016-2017 yillarda özaro hamkorlik Dasturi haqidagi şartnoma;

Rossiya Federatsiyasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari vazirligi örtasida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi özaro tuşuniş Memorandumi;

“N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti” va Toşkent temir yöl transporti muhandislari instituti örtasida ilmiy va akademik hamkorlik böyiça şartnoma.