«Bavariya» jamoasi boş murabbiyi Xosep Gvardiola «Atletiko»ga qarşi YeÇL yarimfinalidagi uçraşuv avvalidan raqibning imkoniyatlariga baho berdi.

«Biz yarimfinalda öynaşimizdan baxtiyormiz. Bu bosqiçga yetib kelgan jamoalarning barçasi şu daraja uçun haqli jamoalar. Agar «Atletiko» grandlar bilan öynasa, bu öyinda kim favoritligini bilib bölmaydi. Bizni hayajonlarga töliq keçadigan qarama-qarşilik kutmoqda.

Yaxşiyamki murabbiylar bir-biri bilan emas, futbolçilar öynaşadi. Biz esa qölimizdan kelganiça öyinga ta'sir körsatamiz, ammo ğoliblikka futbolçilar erişadi.

«Atletiko»da çiziqlar örtasidagi boğlanişlar juda yaxşi. Men bu jamoa bilan ança vaqtdan beri röbaru kelmagandim. «Atletiko»ning himoyasi zör va faqatgina şu emas. Maydon markazidagi Koke atrofni juda yaxşi köradi va katta hududni nazorat qiladi. Ular böş hududlarni öz vaqtida yaxşi yopişadi va qattiq pressing qöllaşadi. Raqib qarşi hujumga ötişda tezkor.

«Atletiko» keyingi yillarda har bir turnirda ğolib böliş uçun öynamoqda. Buning uçun barça çiziqlarda saviyali öyin körsatiş kerak. «Atletiko» esa aynan şunday qilmoqda», – deydi murabbiy.