Kuni-keça Rossiya BMT Xavfsizlik kengaşiga Suriyadagi "Axror Aş-Şom" va "Jayş Al-Islom" guruhlarini terrorçilik guruhlari röyxatiga kiritişni taklif qilgandi.
Vaşington esa öt oçişni töxtatiş tartibini muntazam buzayotgan bu guruhlarning sanktsion röyxatga kiritilişiga qarşi çiqmoqda.
Bu haqda AQŞ Davlat departamenti vakili Mark Toner bu guruhlar öt oçişni töxtatiş sulhining bir qismi hisoblangani uçun ularning sanktsion röyxatga kiritilişini Suriyadagi mojaroni tartibga solişda "bema'no" ekanligini ta'kidlab ötdi.
"Fikrimizça, bu holat biz hududda taranglikka barham berişga urinayotgan vaqtda yaraşuv uçun falokatli oqibatlarga olib kelişi mumkin", deb Tonerning sözlarini keltirib ötdi RIA “Novosti” axborot agentligi.






