27 aprel kuni Estoniya poytaxti Tallin şahri yaqinidagi «Emari» aviabazasida Buyuk Britaniya Harbiy havo kuçlarining qiruvçi samolyotlarini kutib oliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Estoniya Mudofaa vazirligi xabar qilgan.
Buyuk Britaniya HHKning Eurofighter Typhoon rusumli 4ta qiruvçi samolyoti Boltiq böyi davlatlari osmonida 7 yanvardan buyon navbatçilik qilib kelayotgan Belgiyaning F-16 rusumli samolyotlarini almaştiradi.
Boltiq böyi mamlakatlarida havo hududlarini himoya qiliş uçun harbiy samolyotlar yöq. Şu tufayli 2004 yilning aprelidan buyon (Boltiq böyi mamlakatlarining NATOga a'zo bölgan vaqti) alyans rotatsiya tamoyili asosida (NATO böyiça ittifoqdoş davlatlar uşbu missiya uçun navbat bilan öz qiruvçi samolyotlarini taqdim etgan) öz samolyotlarini yuborib keladi. Avvaliga samolyotlar faqat Litvaning Şaulyaya şahridan 5 km masofadagi Zoknyay aerodromidan joylaştirilardi. 2014 yildan boşlab Emarida qöşimça aviabaza ham barpo etildi.






