Meksika şimolidagi Tamaulipas ştatida otişma sodir böldi. Reynos munitsipaliteti ma'muriyati xabariga köra, Vale-Alto tumanida bir neça avtomobildagi qurollangan şaxslar dengiz piyoda qismlariga öt oçişgan.

"Harbiylar bu hujumga javoban öq uza boşlaşgan va 2 jinoyatçi yöq qilingan", deya ma'lum qilingan xabarda.

Köp ötmasdan, hujumda iştirok etgan 3 kişi qölga olingan, ulardan ötoçar qurollar musodara qilingan.

Mart oyida Reynosda jinoyatçilik kölami kengayib, politsiyaçilar bilan qurolli töqnaşuvlar davomida 10dan ortiq jinoyatçi nobud bölgan. Hududdagi huquq-tartibot organlariga yordam sifatida qöşimça 900 nafar harbiy xizmatçi yöllangan. Mart oyi oxirida Las-Yyeskas tumanida politsiyaçilar va jinoiy guruh örtasidagi töqnaşuv oqibatida 8 jinoyatçi öldirilgan.

Bahorning ilk kunlarida hukumat narkotiklar kontrabandasiga qarşi keng kölamli amaliyotlar ötkazişni boşladi. Xususan, Nuevo-Leon, Tamaulipas, San-Luis-Potosi va Koauila ştatlarida jinoiy guruhlarga qarşi kuraş maqsadida qöşimça 3000 kişi jalb etildi.