Ellik yoşni qoralagan Qurbonboy Madaliyev Qöştepa tumanida joylaşgan “Farğona parranda naslçilik” fermasida işlaydi. 1993 yili ferma balansidagi uçta uy işçilarga xususiylaştirib beriladi. Q.Madaliyev “Vodiygazta'minot” UKning Marğilon şahar filialida işlamasa-da, uşbu xonadonlardan foydalanilgan gaz uçun tölovlarni yiğib ola boşlaydi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

— Xonadonimizga tabiiy gaz tovuq fermaning quvuriga ulangan, — dedi sud majlisida jabrlanuvçi M.Xalilova. – Hisoblagiç örnatilmagan. 2008 yilgaça gaz haqini Marğilon şahar gaz idorasiga tölab kelganmiz. 2009 yil yoz oylarida parranda fermasida köp yillar işlayotgan Qurbonboy Madaliyev gaz uçun menga tölaşlaring kerak, deb işontirdi. Oyma–oy gaz pulini unga berib keldik. Lekin biron marta kvitansiya yozib bermagan.

Q.Madaliyev uşbu xonadonlardan 2009 yil yoz oylari uçun 20 ming sömdan, qiş oylariga 50 ming sömdan yiğib olavergan. Yildan-yilga özi bilganiça tölovlar summasini oşirib borgan. 2012 yil yanvar–fevral oylarida 100 ming sömdan, aprel–iyul yillarida 50 ming sömdan pullarini firibgarlik bilan qölga kiritgan.

2012 yil yozda Q.Madaliyev “Vodiygazta'minot” UKning Marğilon şahar filialiga nazoratçi bölib işga joylaşadi. Oradan köp ötmay favqulodda nazorat xizmati bölimi katta nazoratçisi vazifasiga tayinlanadi.

M.Xalilova, G.Muşaripova, O.Madrahimovalarning xonadonlari tabiiy gaz tarmoğiga ulanganini yaşiradi, ulardan yiğib olgan pullarni hisobotlarga kiritmaydi. 2012 yilning avgust oyidan 2014 yil dekabr oyigaça oyma-oy ortib boruvçi miqdorda, kvitansiya bermay olib turgan tölov pullarini şaxsiy ehtiyojiga sarflayveradi.

Sudlanuvçi yuqoridagiday yösinda 2009 yildan 2014 yilgaça bölgan davrda xonadonlardan yiğib olgan jami 15 mln. 570 ming söm pullarni özlaştirgan. Q.Madaliyev “Farğona naslli parranda” MÇJ hududida ötkazilgan tarmoqqa ulangan xonadonlarning heç qanday hujjatlarsiz, gaz hisoblagiç örnatmasdan foydalanib kelgan tabiiy gaz uçun tölovlarini özlaştirib, Marğilon şahar filialiga 19 mln. 631 ming sömlik zarar yetkazganligi foş etildi.

Sud yetkazilgan zararni qoplagan Q.Madaliyevga ikki yil mobaynida tabiiy gaz ta'minoti idoralarida işlaş huquqidan mahrum etgan holda axloq tuzatiş işlari jazosini tayinladi.