Rossiya davlat komissiyasi Vostoçniy kosmodromidan "Soyuz-2.1a" raketa-taşuvçisining parvozini 28 aprelda Moskva vaqti bilan soat 5:01da amalga oşiriş haqida qaror qabul qildi. Bu haqda "Govorit Moskva" radiostansiyasidagi manba ma'lum qildi.

27 aprelda amalga oşirilişi kerak bölgan parvoz bekor qilindi. Parvozni töxtatişga buyruq parvozga bir daqiqa qolganda berilgan. Parvoz maydonçasida örnatilgan raketa orbitaga "Mixaylo Lomonosov", "Aist-2D" va "SamSat-218D" sun'iy yöldoşlarini olib çiqişi kerak. Parvozni kuzatgani Blagoveşçenskga Rossiya prezidenti Vladimir Putin yetib keldi.

Keyinroq Putin parvozning bekor qilinişi sababi kosmodromda emas, balki raketa majmuasida ekanligini aytgan. Putin bu muammolarni yangi texnikani özlaştirişda yuz berişi mumkin bölgan tabiiy qiyinçiliklarga yöygan.

Kosmodromning qurilişi mablağlarni talon-taroj qiliş hamda işçilarning iş haqi uşlanişi tufayli ommaviy iş taşlaşlari va oçlik e'lon qilişlari bilan boğliq mojarolar bilan bormoqda. Ötgan yil yanvarida Rossiya Hisob palatasi rahbari Tatyana Golikova kosmodrom qurilişida talon-taroj qilingan mablağ miqdori 13 mlrd rubldan oşib ketganini ma'lum qilgan.