Afğoniston harbiylari mamlakatning bir qator viloyatlarida ötkazilgan harbiy amaliyotlar natijasida kamida 64 nafar jangarini yöq qilgan. Bu haqda Afğoniston Mudofaa vazirligiga asoslanib, Hama Press agentligi xabar tarqatgan.

Maxsus amaliyotlar Qunduz, Badaxşon, Host, Ğazna, Juzjon va Kapisa vailoyatlarida ötkazilgan. Quruqlikdagi qöşinlarni osmondan mamlakat Harbiy havo kuçlari samolyotlari qöllab-quvvatlagan.

Afğoniston armiyasining yöqotişlari haqida ma'lumot yöq.

Afğonistondagi vaziyat keyingi yarim yil içida yomolaşib bormoqda. Bu vaqtgaça asosan toğli hududlarda öz harakatlarini olib borgan "Tolibon" jangarilari endilikda past tekisliklardagi yirik şaharlarni egallaş uçun harakatlar olib bormoqda. Qolaversa mamlakatning ğarbiy qismida IŞID jangarilari guruhlari paydo bölgan.