AQŞda panda kiyimi, tibbiyot niqobi va qora közoynakda bölgan erkak Baltimor şahrida (Merilend ştati) joylaşgan Fox45 telekompaniyasi ofisini portlatiş bilan tahdid qildi.
Telekompaniya rejissyori Mayk Tomkoning aytişiça, antiqa kiyinib olgan noma'lum erkak telekompaniya ofisiga kelib, fleşkadagi özining videomateriallarini efirda qöyişni talab qilgan. Erkakka rad javob berilganda, u öz bilan olib kelgan portlovçi qurilmani portlatiş blian tahdid qila boşlagan.
Ofisdagi barça işçilar binodan çiqarilgan va politsiya çaqirtirilgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyaçilar yon-atrofdagi köçalarni tösib, telekompaniya ofisini örab olişgan va erkakni qölga olişgan. Fox News telekanali muxbirlarining ma'lum qilişiça, buning uçun politsiya qurol işlatişiga töğri kelgan. Erkakda portlovçi modda bölgan-bölmagani hozirça noma'lum.
Şuningdek, telekompaniya avtoturargohida erkakning avtomobili yonib ketgan, biroq u öt öçiruvçilar tomonidan tezda öçirilgan. Qayd etilişiça, avtomobil erkak binoga kirişidan oldin yonib ketgan.






