Priceline va Booking.com ijroçi direktori Darren Xatson qöl ostida işlovçi xodimasi bilan işqiy munosabatlarda bölgani sababli iste'foga ketgani ma'lum böldi, deb xabar bermoqda Daily Mail naşri.
Ma'lum qilinişiça, oilali bölgan sayohatlar sohasida işlovçi kompaniya boşliği Xatson firma işçisi bilan işqiy munosabatlarda ekanligi aniqlangan tergovdan keyinoq öz lavozimini tark etdi, çunki bu kompaniyaning axloq kodeksiga zid keladi.
Xatson, şuningdek, Priceline Group Inc.’ning eng yirik bölinmasi Booking.com boş direktori lavozimini ham tark etdi.
Xatson Priceline’ga 2014 yanvardan boşçilik qila boşlagan. Uning rahbarligida restoranlarni bronlaş OpenTable xizmati bilan 2 mlrd dollarlik bitim tuzilgan.
Xatson rahbarligida Priceline’ning bozor qiymati bir yil içida 178 foizga kötarilib ketgan. Xatson Booking.com jamoasiga qöşilgandan keyin firmaning operatsion daromadi 1,40 mlrd dollardan 3,26 mlrd dollargaça ösgan, işçilar soni esa 4 yil içida 5 mingdan 15 minggaça köpaygan.






