"Gazprom" 2016 yil yanvarda Finlyandiyaning Gasum kompaniyasidagi 25 foizlik uluşini Finlyandiya hukumatiga 251 mln yevroga sotib yuborgan, deb aytilmoqda Rossiya gaz xoldingi hisobotida.
2015 yil dekabrda "Gazprom" Gasum aksiyadorlik kapitalidan çiqişi mumkinligini e'lon qilgandi. Finlyandiya vazirlar mahkamasida Rossiya kompaniyasiga tegişli uluşni sotib oliş böyiça qarorni gaz özining turli şakllarida mamlakatning energiya ta'minotida muhim rol öynaşi va kömirdan foydalanişdan voz keçişni osonlaştirişi bilan tuşuntirilgan. Finlyandiya hozir sekin-astalik bilan kömirdan voz keçmoqda.
Gasum Oy kompaniyasi Finlyandiyada tabiiy gaz importi va uni taqsimlaş bilan şuğullanadi. 2015 yil noyabrda Finlyandiya hukumati kompaniyaning asosiy aksiyadoriga aylangan. Jumladan, u kompaniyaning Fortum fin kompaniyasi va E.ON nemis kompaniyasiga tegişli uluşlarini sotib olib, aksiyalar paketini 75 foizga yetkazgandi.






