Rahbar xodim özining xulqi va nutqi bilan jamoaga ibrat bölsa, işdagi unum va jamoadagi kayfiyat ham özgaça bölişi tayin. Xöş, rahbarlik fenomeni, fazilatlari haqida nimalar deyiş mumkin? Xuddi şu savolga Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ğaznaçiligi hududiy bölinma boşliqlari javob berdi.
Nodir Arslonov (Buxoro viloyati Qoraköl tumani böyiça Ğaznaçilik bölinmasi boşliği) Notiqlik madaniyatining iş faoliyatimdagi örni şundaki, notiqlik kundalik sohaviy munosabatlar va faoliyatim davomida kasbiy yuksalişim uçun asosiy qurol bölib xizmat qiladi. Çunki, qöl ostimdagi xodimlar va tizimda men bilan bevosita muloqotda böladigan insonlar mening muomalam hamda fikrimni qanday almaşinişimga qarab murojaat qilişadi.
Oybek Soliyev (Farğona viloyati Danğara tumani böyiça Ğaznaçilik bölinmasi boşliği) Har kuni iş faoliyatimda turli xil toifadagi, har xil fe'l-atvordagi insonlar bilan muloqot qilaman. Ular bilan muloqot jarayonida kayfiyati, ruhiy holatiga qarab suhbatlaşaman.
Alimov Behzod (Qoraqalpoğiston Respublikasi Ellikqal'a tumani böyiça Ğaznaçilik bölinmasi boşliği) Nutq va notiqlik mahoratini men oliy qurol sifatida tasavvur qilaman. Obrazli qilib aytganda, qurolsiz jangga kirgan sarbozni albatta, mağlubiyat qarşilaşi aniq. Jamiyatda ham, jamoada ham nutqiy nuqsonlarga ega kişi muvaffaqiyat qozona olmaydi.
Yunusali Inoqov (Toşkent viloyati Böka tumani böyiça Ğaznaçilik bölinmasi boşliği) Bölinmadagi xodimlar bilan munosabatda yetarli bilim va tuşunça qay darajada zarur bölsa nutqiv muloqot ham şunday ahamiyatlidir. Çunki, ular özlari uçun qanoanlantiruvçi ijobiy javobni sizdan kutadi.
Vohidjon Ğiyosov (Namangan viloyati Çust tumani böyiça Ğaznaçilik bölinmasi boşliği) Qabulga kelgan xodimlar bilan suhbat ham katta mas'uliyat talab etadi. Iş samarasi va unumdorlikka uning salbiy va ijobiy tarzdagi ta'siri bölişi aniq. Aslida, barça muammolarning yeçimi muomala bilan ekanligi ayon.
Öktam Islomov (Navoiy viloyati Qiziltepa tumani böyiça Ğaznaçilik bölinmasi boşliği) Navoiy hazratlarining köngil xazinasi qulf bölsa, uning kaliti tildir mazmunidagi ögit bejiz aytilmagan. Söz orqali birovning dilini xira qiliş ham, kayfiyatini kötariş ham mumkin. Yusuf Xos Hojib bu borada ibratomiz fikrni keltirib ötadilar. «Tilingni avayla tişing sinmasun, sözingni avayla boşing ketmasun». Bu fikrlarni bilişgagina emas, balki amalda qöllaş ham muhimdir.
Ilhom Ğoyibov (Xorazm viloyati Yangiariq tumani böyiça Ğaznaçilik bölinmasi boşliği) Sözlaş, tinglaş va anglaş orqali insonlar bilan munosabatda bölişimiz aniq. Buning özi yetuk madaniyatlilikni va yuksak ma'naviyatni talab etadi.






