Moskva birjasidagi savdolarda dollar kursi ötgan yil noyabrining boşidan buyon birinçi marta 64 rubldan pastga tuşdi. Mahalliy vaqt bilan soat 14:05da 1 dollar 46 kopeykaga arzonlab, 63,98 rublga tenglaşgani qayd etildi. Oxirgi marta bunday kurs 2015 yilning noyabri oxirida kuzatilgan edi.
1 yevro narxi esa 51 kopeykaga tuşib, 72,978 rublni taşkil qilmoqda.
29 aprel kuni Brent nefti narxi yana kötarila boşladi va barreliga 47,52 dollarga yetdi.
Nyu-York tovar birjasidagi savdolar çoğida WTI turidagi neftning iyun fyuçerslari 0,09 dollarga kötarilgan (0,20 foiz) va bir barreli uçun 45,42 dollarni taşkil etgan.
Ötgan hafta yakunlari böyiça AQŞda neft qazib oliş hajmi 0,2 foizga, sutkasiga 8,938 million barrelgaça pasaygan. Bu 2014 yil oktabridan beri eng past körsatkiç hisoblanadi. Ekspertlar mazkur holat neft narxi kötarilişiga turtki berişi mumkinligini taxmin qilmoqda.






