Norvegiya qirğoqlari yaqinida qulagan vertolyotning yölovçilariga tegişli bölgan jasad qoldiqlari aniqlangan. Bu haqda mahalliy politsiyaga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Bundan oldinroq, politsiya Bergen şahridan ğarbdagi hududda Şimoliy dengizdagi neft platformasiga işçilarni olib ketayotgan vertolyot qulab tuşgani haqida ma'lumot bergandi. Uning bortida kamida 14 kişi bölgani aytilgan.
Politsiya vakili Morten Kronen vertolyotning qulab, parçalanib ketgani haqida aytgan. Şuningdek, qulaşdan söng portlaş sodir bölgani ma'lum qilingan. Qulaşdan oldin dengizga odamlar taşlangani haqida ma'lumotlar bor.
Qayd etilişiça, bu hodisa Turoy orolidan uzoq bölmagan hududda sodir bölgan.







