OAVda Boltiq dengizida Rossiya va Polşa suv osti kemalarining töqnaşib ketgani ma'lum qilindi. Pillaus yarimoroli sohillari yaqinida Rossiya harbiy-dengiz kuçlarining "Krasnodar" suv osti kemasi Polşaning Orzeł ("Ojyel") suv osti kemasiga urilib ketgan.
Uşbu voqea bir neça kun avval sodir bölgan. Asosiy ma'lumotlarga köra, Rossiya suv osti kemasi jiddiy şikastlar olmagan va harbiy-dengiz bazasiga mustaqil ravişda qayta olgan. Polşa suv osti kemasi esa töqnaşuvdan keyin suv ustiga çiqişiga töğri kelgan va u voqea joyidan şatakka olinib olib ketilgan.
Varşava OAV esa buning aksini aytmoqda, aynan rus suv osti kemasiga yordam kerak bölgan.
"Krasnodar" suv osti kemasi 2015 yil noyabrda flot tarkibiga kiritilgan va Rossiya mudofaa vazirligining bu turdagi 4-submarinasi bölgan. Submarina yangilangan inertsial navigatsion majmua, eng yangi turdagi harbiy axborot-boşqaruv tizimi va xorijga sotilmaydigan qurol-aslaha bilan jihozlangan. Şu bilan birga kema noyob akustik maxfiylik körsatkiçlarini saqlab qolgan va şu sababli amerikaliklar bunday kemalarni "qora tuynuklar" deb ataydilar.
"Ojyel" suv osti kemasi esa Polşaga sovet zamonlaridan qolgan yagona suv osti kemasi bölib, uning qurollanişida 533 mm kalibrli 6 ta torpedo qurilmasi, 18 tagaça torpedo yoki 28 ta mina bor. Polşa harbiy-dengiz kuçlari ixtiyoridagi qolgan 4 ta submarina Britaniyadan qolgan.
Eslatib ötamiz, 18 aprelda Latviya qurolli kuçlari Rossiya kemalari va suv osti kemasini öz çegaralari yaqinida körişganini ma'lum qilişgan. Latviya tomoni ma'lumotlariga köra, Latviya çegaralari oldida nafaqat Rossiya harbiy kemalari, balki samolyotlari ham 2015 yilda 270 marta köriniş bergan. Rossiya mudofaa vazirligi Boltiqböyidagi hamkasblarining e'tirozlariga "Rossiya harbiy-koinot kuçlarining barça parvozlari va kemalarning harakatlanişi xalqaro huquq me'yorlariga qat'iy rioya qilingan holda amalga oşirilişi" bilan javob berib keladilar.






