Toşkentda davom etayotgan armrestling böyiça XV Osiyo çempionatining dastlabki kunida ösmirlar, kattalar, faxriylar va jismoniy imkoniyati çeklangan sportçilar bahslaşdi. Bu haqda “ÖzA” xabar bermoqda.

Ösmirlar örtasida özbekistonlik sportçilardan Sanjar Yöldoşev oltin medalni qölga kiritdi. Javohir Latipov, Alibek Obloqulov, Ma'murjon Rustamov, Hasan Rahmonqulov, Muxlisa Tursunboyeva, Navröza Abdurahimova kumuş, Hasan Möminov, Alişer Dehqonboyev, Zohir Fayzullayev, Mirzodbek Jöraqulov, Vladimir Bondar, Nozima Anvarova, Mohinabonu Ğaybullayeva, Şahnoza Abdurahmonova bronza medal bilan taqdirlandi.

Kattalar va faxriylar örtasida Sultonbek Ne'matullayev, Aleksandr Kravets, Xayriddin Zaynilov, Igor Şişkov şohsupaga kötarildi.

Jismoniy imkoniyati çeklangan sportçilar örtasidagi bahslarda Feruzbek Boymurodov, Sardor Xudoyberdiyev, Hayitmurod Sariboyev, Otabek Qöçqorov, Alişer Turğunov, Abdulsamad Bobomurodov, Azamat Dehqonov, Şerzod Usmonov, Aziz Otaxöjayev, Doniyor Mirzayev, Ölmas Muhiddinov, Yelena Abbosova, Gulnoza Mamatqulova, Nargiza Azimova ğolib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.