Yangi Zelandiyada yaşovçi ayol 67 yil muqaddam kutubxonadan olgan kitobini juda keç qaytargan bölsada, jarimadan qutilib qoldi. Bu haqda The Guardian xabar bergan.

Xabar qilinişiça, ismi sir tutilgan ayol 1948 yili, hali maktab öquvçisi bölganida Oklenddagi kutubxonadan öşa vaqtda maşhur bölgan "Maorilar hayotiga oid miflar va afsonalar" nomli kitobni olgandi. 28 aprel kuni, olingan vaqtidan 24 605 kun ötib u kitobni kutubxonaga qaytargan va keçikkani uçun uzr söragan.

"U kitobni hali juda kiçikligida olgan va ötgan davr davomida uni ortga qaytarişning yölini qila olmagan. U juda xijolat böldi, lekin men uning ötgan 10 yillar davomida u kitobni bir neça marta qayta öqib çiqqanini eşitib xursand böldim", deydi kutubxonaçi Zoye Kornelius.

Qayd etiş kerakki, bunday keçikiş uçun 17 ming dollar miqdoridagi jarima qöllanişi kerak böladi, ammo kutubxona ma'muriyati ayolni keçirişga qaror qilgan. U bola vaqtida kitobni olgani uçun unga jarima qöllanmagan.