Vazirlar Mahkamasining "2016 yilda meva-sabzovot mahsulotlari, kartoşka, poliz mahsulotlari va uzum yetiştiriş hamda ulardan foydalanişning prognoz parametrlari töğrisida" 2016 yilning 4 yanvaridagi 1-son qaroriga muvofiq joriy yilda 10 mln 458 ming tonna sabzavot, 1 mln 980 ming tonna poliz ekinlari, 2 mln 833 ming tonna kartoşka, 2 mln 874 ming tonna höl meva, 1 mln 601 ming tonna uzum mahsulotlari yetiştiriş belgilab olingan.

2016 yilda barça toifa xöjaliklarining asosiy, oraliq va takroriy maydonlariga sabzavot, poliz va kartoşka ekinlarini ekiş uçun jami 2875 tonna sabzavot uruği, 613,5 tonna poliz uruği va 446,1 ming tonna kartoşka uruğlari hamda 12,6 mln dona mevali va 10,3 mln. dona tok köçatlari fermer xöjaliklari va aholi xonadonlariga yetkazib berilgan. Bu haqda Özbekiston respublikasi qişloq va suv xöjaligi vazirligi saytida keltirilgan "2016 yil 1 çoragida meva-sabzavot, poliz va kartoşka mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça amalga oşirilgan işlar töğrisida" hisobotda ma'lum qilingan.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi mahsulot yetiştiruvçi sub'yektlar bilan tayyorlovçi korxona va taşkilotlar örtasida 4,0 mln. tonna meva-sabzavot, poliz, kartoşka va uzum mahsulotlariga şartnomalar tuzilgan.

Respublika böyiça 2016 yilda barça toifa xöjaliklarining asosiy maydonlariga 204,6 ming gektar sabzavot (sabzi, pomidor, piyoz, karam va boşqa ekinlar), 86,1 ming gektarga kartoşka va 52,8 ming gektariga poliz ekinlari ekiş belgilangan. Joylardan olingan daslabki ma'lumotlarga köra hisobot davrida 185 ming gektar maydonga sabzavot, 26,2 ming gektar maydonga poliz va 91,2 ming gektar maydonga kartoşka ekinlari ekilgan.

Dehqon va fermer xöjaliklari tomonidan erta bahorda asosiy maydonlarga sabzavot, poliz va kartoşka ekinlari ekiş işlari davom etmoqda.

Respublikaning dehqon va fermer xöjaliklarda 266,8 ming gektar boğlardan 210,7 ming gektari hosilli, 143,9 ming gektar tokzorlardan 119,7 ming gektari hosilli bölib, ularning hosildorligini oşiriş, sifatini yaxşilaş va işlab çiqarişni köpaytiriş uçun bahorgi muhim agrotexnik tadbirlari fermer va dehqon xöjaliklari tomonidan sifatli va öz muddatida ötkazilmoqda.

2016 yilning 1 aprel holatiga köra, respublika böyiça 8,1 ming gektar pakana va yarim pakana (intensiv) mevali boğlar hamda 4,8 ming gektar yangi tokzorlar barpo etildi.

Respublikadagi boğdorçilik va uzumçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjaliklarining yaroqsiz boğ va tokzorlar rekonstruksiya qiliş işlari böyiça 6 ming gektar mevali boğlar va 3,5 ming gektar tokzorlar rekonstruksiya qilindi.

Bugungi kunda yangi boğ-tokzorlar va intensiv boğlar barpo etiş va ekiş işlari davom etmoqda.

2016 yil 1-çoragi yakuniga köra 53,1 ming tonna, ya'ni ötgan yilning şu davriga nisbatan 110,6 foizga köp sabzavot mahsulotlar yetiştirilgan.

Prognoz körsatkiçlarida belgilangan hajmlarda mahsulotlarni yetiştiriş davom ettirilmoqda.