KXDRning Koreya tinçlik birlaşuvi böyiça qömitasi (KTBQ) Koreya Respublikasi (KR) prezidenti Pak Kin Xening 28 aprel kuni Milliy xavfsizlik kengaşining şoşilinç majlisida  aytgan sözlarini siyosiy jihatdan asoslangan provakatsiya deb hisoblaydi.  Bu haqida qömita matbuot-reliziga tayanib TASS agentligi xabar berdi. 

KR rahbarining KXDR yangi yadroviy sinov ötkazsa, uning kelajagi yöqligi töğrisidagi nutqi  Pxenyanda taşviş uyğotdi. "KXDR xalqi va ijtimoiy tizimi qadr-qimmati uçun haqoratli bölgan bunday sözlar keçirilmaydigan, siyosiy jihatdan asoslangan provakatsiya hisoblanadi", - ta'kidladi KTBQ. Qömitaning fikriça, ikki koreys mamalkatlarining özaro munosabatlarini falokat yoqasiga olib kelgan Pak Kin Xeni "butun koreys millatining eng oğir hukmi" kutmoqda. Milliy xavfsizlik kengaşidagi majlisda sözga çiqqan Pak Kin Xe Koreya Mehnat partiyasining 6 mayda oçilişi kutilayotgan yettinçi s'yezdi arafasida KXDRda navbatdagi yadroviy sinov ötkazilişning yuqori ehtimoli borligini qayd etgan. 

Agar 1-3 mayga rejalaştirilgan Eronga taşrifi çoğida Pxenyan tomonidan yadroviy sinov amalga oşirilsa, Janubiy Koreya yetakçisi hokimiyat vakillariga Milliy xavfsilik xizmati kengaşining şoşilinç majlisini ötkaziş buyruğini berdi. 


Bundan taşqari, davlat rahbari mamlakatning harbiy kuçlarini "Şimol tomondan yuzaga kelişi mumkin bölgan provokatsiyalarga" töliq tayyorgarlik körişga çaqirdi.