Lamborghini kompaniyasi Huracan kupesi uçun unga tajovuzkorroq köriniş beruvçi yangi kuzov obvesini namoyiş qildi. Karbondan yasalgan obves (osma detallar: spoyler, aksqanotlar va şu kabi) 19 ming 850 yevroga baholandi.

Huracan obvesi öz içiga yangi oldingi spoyler, oldi va orqa bamperga ugleplastik nakladkalar, kattalaştirilgan yon yubkalar va orqa aks qanotni öz içiga oldi.
Lamborghini Huracan 610 ot kuçiga ega 5,2 litrli V10 atmosferali dvigatel bilan jihozlanadi. Dvigatel yetti poğonali ikki ilaşişli "robot" uzatmalar qutisi bilan juftlikda işlaydi. Kupe 100 km/soat tezlikka 3,2 soniyada erişa oladi. Uning maksimal tezligi soatiga 325 km ni taşkil qiladi.
Ayni vaqtda Lamborghini kompaniya Huracan’ning ekstremal modifikatsiyasi ustida işlamoqda. Kupe kuzovning yangi aerodinamik obvesini, Huracan GT3 poyga superkaridan quvvatliroq motor va çiqariş tizimi oladi.










